Davlatga yetkazgan zararni qoplagan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod etiladi

Jamiyat

image

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan tadbirkorlar javobgarlikka tortilmasligi mumkin. Bu haqda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 1 yanvardan boshlab birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs davlatga soliq va yig‘imlar, shu jumladan penya va boshqa moliyaviy sanksiyalar shaklida yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ekti bo‘lgan boshqa tashkilotlar ham har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov yoki sud muhokamasida davlat himoyachisi sifatida ishbilarmonlarni himoya qilishda ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik sub’ekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing