Davlat yerini 29 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Namangan viloyatining Namangan shahrida yashovchi fuqaro tanishi bilan tadbirkorlik qilish uchun yer maydoni qidirib To‘raqo‘rg‘on tumaniga boradi. U yerda A. ismli shaxs o‘zini tuman Kadastr bo‘limida ishlashini aytib uni fermer xo‘jalik raxbari “R” ismli shaxs bilan tanishtiradi.

Fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonidan 80 sotixi 25.000 AQSH dollariga sotilishini, kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun 4.000 AQSH dollari ketishini, jami 29.000 AQSH dollari zarurligini A va uning tanishiga aytishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishlardan shubhalangan A Namangan viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, ushbu shaxslarning harakatlari qonuniyligini tekshirib berishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 19 fevral kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkaziladi. A. va R. ismli shaxslar fuqaro va uning sherigidan 16.500 AQSH dollarini pora berishga dalolat qilib, firibgarlik  yo‘li bilan olgan vaqtlarida ushlanib, holislar ishtirokida 16.500 AQSH dollari daliliy ashyo sifatida olingan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Turakurgon tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 24 fevral kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati bergan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing