Davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan 25 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida Rossiya fuqarosi ham bor

Olam

image

Germaniya huquq-tartibot idoralari 25 kishini davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilib qo‘lga oldi, yana 27 kishiga nisbatan tezkor choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda bugun, 7 dekabr kuni Germaniya Bosh prokuraturasi ma’lum qildi. 

Davlat aybloviga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning 22 nafari terrorchilik tashkiloti tuzishda, 3 nafari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ham uni qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilinmoqda. 

“130 ta joyda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yana 27 nafar gumonlanuvchiga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida. 

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olishlar Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Gessen, Saksoniya, Quyi Saksoniya, Tyuringiya federal shtatlarida, shuningdek, Avstriyaning Kitsbyuel va Italiyaning Perudja shaharlarida amalga oshirilgan. 

Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, gumonlanuvchilar o‘xshash hukumat tuzilmalari va uning harbiy qanotiga ega bo‘lgan kengash tuzgan, ular o‘z saflariga, birinchi navbatda, Bundesver (Germaniya qurolli kuchlari) va politsiyada yangi tarafdorlarni jalb qilgan. 

Shuningdek, davlat to‘ntarishida gumon qilinganlar Bundestagga bostirib kirishni rejalashtirgani ma’lum qilingan. 

Germaniyada o‘ng qanot fitnachilarni hibsga olish muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Biroq, nemis nashrlarining yozishicha, joriy operatsiya tarixdagi eng yirik amaliyotlardan biriga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

664

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing