Davlat telekanalining mashhur jurnalisti lavozimidan chetlatildi

Olam

image

Italiyada davlatga qarashli RAI telekanali mashhur jurnalist Sigfrido Ranuchchini 9 yildan buyon olib borgan “Report” tahliliy dasturi boshlovchisi lavozimidan chetlatdi. Mazkur qaror esa mamlakatda siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ranuchchi “Report” dasturini 9 yil davomida boshqarib kelgan va u Italiyadagi eng mashhur hamda ta’sirli jurnalistik tekshiruv dasturlaridan biri hisoblanadi. 

“Men endi “Report” dasturini olib bormayman, ammo hayotimdagi eng muhim jangni – matbuot erkinligi uchun kurashni boshlayman”, degan jurnalist qarordan so‘ng.

Mojaro Ranuchchining uyi oldida o‘tgan yil oktyabrda bomba portlashi bilan boshlangan. Dastlab turli siyosiy kuchlar jurnalistni qo‘llab-quvvatlagan, biroq shu oyda tadbirkor Valter Lavitola hibsga olinib, uning advokati ma’lum qilishicha, u portlashni buyurganini tergovchilarga aytganidan keyin vaziyat o‘zgargan. 

Tergov Ranuchchi hujumdan oldin xabardor bo‘lganiga dalil topmagan bo‘lsa-da, hukumatni qo‘llovchi OAVda uning siyosatga kirish oldidan obro‘sini oshirish uchun hujum uyushtirilgani haqida taxminlar tarqalgan.

Jurnalistning chetlatilishi matbuot erkinligi va RAI’ning mustaqilligi masalasidagi eski bahslarni yana kun tartibiga olib chiqqan. Markaz-so‘l Demokratik partiya rahbari Elli Shleyn Ranuchchini chetlatish hamda “Report” dasturini zaiflashtirish o‘ng qanot hukumatining uzoq vaqtdan beri maqsadi bo‘lganini aytgan. 

Hukumat tarafdori bo‘lgan vitse-bosh vazir Matteo Salvini esa qarorni “to‘g‘ri” deb atagan, Senat raisi Inyatsio La Russa ham uni ma’qullagan. 

RAI qaror yaqindagi mojarolar bilan bog‘liq emasligini, tergov jurnalistikasini kuchaytirish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilinganini bildirgan. “Report” jurnalistlari esa qarorni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atab, rahbariyat uni bekor qilmasa, tahririyatning ko‘plab xodimlari ishdan ketishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyalik o‘ng qanot siyosiy sharhlovchi Maylo Yanopulos AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati tomonidan hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar