Davlat personallashtirish markaziga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2021
3584O‘zbekiston Hukumatining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Toshxo‘jayev 2021 yil yanvar oyida Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan edi.
O‘shanda Toshxo‘jayevning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani aytilgandi.
LiveBarchasi