Davlat OTMlarida magistraturaga qabul boshlandi
Jamiyat
−
01 iyul 2022
6037Bugun, 1 iyuldan respublika Oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-2023 o‘quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30 iyulga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Quyida magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati mavjud.
LiveBarchasi