Davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish tartibi o‘zgaradi
Jamiyat
−
07 iyul 2021
21055O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Bu haqda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Joriy yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Joriy yil 1 avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinadi. Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e’lon qilib boriladi. 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Joriy yil 1 oktyabrgacha davlat mablag‘lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o‘tkaziladigan tanlovlar “Shaffof qurilish” tizimi ma’lumot almashinuvini ta’minlagan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan “SHAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi Shu yil 1 yanvardan boshlab “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitiladi.
LiveBarchasi