Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agentlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agentlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tadbirkorlik sub’ektlariga agent sifatida ishtirok etish uchun sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, agent – akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lgan, davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali ariza beruvchilarning ma’lumot va hujjatlarini tegishli davlat organi yoki tashkilotiga yuborish hamda xizmat natijasini ariza beruvchiga taqdim etish faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (xodimi) yoki yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti xodimi hisoblanadi. 

Sertifikat Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra 3 yil muddatga beriladi.

Talabgorlar o‘quv kurslarida qatnashish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan hududdagi o‘quv markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘quv kurslarida qatnashish uchun to‘lov miqdori o‘quv markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi. O‘quv kurslari yakuni bo‘yicha talabgorlar sertifikat olish uchun malaka imtihoni (test) topshiradi.

Sertifikatga agent tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati ilova qilinadi hamda agentga davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimida ushbu ro‘yxatdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. 

Shuningdek, qaror bilan Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan agent sifatida ko‘rsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari ro‘yxati (13 ta) tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan agentlarga QR-kod qo‘yilgan sertifikat berish imkonini beruvchi axborot tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing