Davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari tasdiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan:

•    Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari;

•    Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari:

•    Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari;

•    Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari;

•    Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari;

•    Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari;

•    Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari;

•    Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish choralari;

•    Davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish;

•    Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish masalalarini tartibga soladi.

Shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik tartibini belgilaydi.

Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25 oktyabr sanasiga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing