Davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan “emlanadi” — Akmal Burxonov
Jamiyat
−
09 iyul 2021
7638AOKAda O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Oliy sud, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati hamda tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirishga qaratilgan Farmon va qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonovning ta’kidlashicha, 2021–2022 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 44 banddan iborat davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturda bir qator muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Maslan, davlat xizmatchilarini o‘qitish, yangi mexanizmlarni joriy qilish va xalqaro hamkorlik masalalari hamda eng muhimi jamoatchilikni kengroq jalb qilish masalalari ko‘rilmoqda. Shuningdek, davlat xizmatchilarning Odob-axloq kodeksini qabul qilish, davlat xizmatchilarining xizmat safarlari bilan bog‘liq harajatlarni tanqidiy tahlil qilib chiqish, davlat xaridlariga oid shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, Dasturga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat boshqaruv akademiyasi va Bosh prokuratura Akademiyasi bilan birgaliklda keyingi yildan boshlab “halollik vaksinasi” tamoiyili asosida davlat xizmatchilarni muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida majburiy o‘qitish tizimi joriy etish vazifasi belgilanmoqda.
Shuningdek, nafaqat davlat xizmatchilari balki oddiy fuqarolar, tadbirkorlar uchun ham korrupsiyaga qarshi bepul onlayn o‘quv jarayonlar tashkil qilinmoqda.
LiveBarchasi