Davlat qarzi maksimumga yetgan mamlakatlar e’lon qilindi
Olam
−
15 Oktabr 2024
43571Dunyoning yigirmadan ortiq eng kambag‘al mamlakatlari 2006 yildan buyon eng yuqori qarz miqdoriga ega. Bu haqda Jahon banki tegishli hisobotni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, qashshoq davlatlar yalpi ichki mahsulotida xalqaro yordamning ulushi 20 yil ichidagi eng past darajaga tushdi, bu esa ularning ko‘pchiligini noqulay shartlar asosida moliyalashtirishga majbur qilmoqda. Natijada ularning davlat qarzi aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadi 1145 dollarni tashkil etgan holda, YAIMning o‘rtacha 72 foiziga yetgan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, bugungi kunda 26 ta eng kambag‘al davlatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldingi darajadan pastligicha qolmoqda.
Hozirgi kunda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) xorijdagi eng kambag‘al mamlakatlar uchun arzon moliyalashtirishning yagona va eng yirik manbai bo‘lib qolmoqda. U deyarli nol foizli stavkada grantlar va kreditlar taqdim etadi.
“XTA ish o‘rinlari yaratish va bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatladi, sog‘liqni saqlashni yaxshilash ustida ishladi, ko‘plab odamlarni elektr energiyasi va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minladi“, deydi Jahon banki guruhining bosh iqtisodchisi va rivojlanish iqtisodiyoti bo‘yicha vitse-prezidenti Indermit Gill.
Jahon bankining tahlili bunday mamlakatlar rivojlanayotganlarga nisbatan tabiiy ofatlarga ko‘proq zaif ekanini aniqladi. O‘rtacha hisobda, 2011-2023 yillar oralig‘ida ulardagi falokatlar har yili yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdorida yo‘qotishlarga olib kelgan. Bu ko‘rsatkich daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan davlatlarga nisbatan 5 barobar yuqoridir.
Eng past daromadlilar ro‘yxati 26 ta mamlakatni o‘z ichiga oladi:
- Afg‘oniston
- Burundi
- Burkina-Faso
- Markaziy Afrika Respublikasi
- Kongo Demokratik Respublikasi
- Eritreya
- Efiopiya
- Gambiya
- Gvineya-Bisau
- Liberiya
- Madagaskar
- Mali
- Mozambik
- Malavi
- Niger
- KXDR (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi)
- Ruanda
- Sudan
- Serra-Leone
- Somali
- Janubiy Sudan
- Suriya
- Chad
- Togo
- Uganda
- Yaman
LiveBarchasi