Davlat Dumasi sanksiyalar sharoitida transport sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qonunni qabul qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi bugun, 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sanksiyalar sharoitida transport sanoatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunni darhol ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. 

Qo‘llab-quvvatlash choralari fuqaro aviatsiyasi, dengiz va ichki suv transporti, shuningdek, temir yo‘l va avtomobil transportiga ta’sir qiladi. Tashabbus transport tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. 

Qonun Rossiya kompaniyalari tomonidan ijaraga olingan xorijiy havo kemalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga Rossiyaning parvozga yaroqlilik sertifikatlarini berish imkoniyatini nazarda tutadi. 

Qayd etilishicha, bu Rossiya aviakompaniyalariga xorijiy samolyotlar parkini saqlab qolish va ularni ichki yo‘nalishlarda ishlatish imkonini beradi. Fuqarolik havo kemalarini sertifikatlash sertifikatlashtirish markazlari va sinov laboratoriyalarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi, ularga qo‘yiladigan talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi do‘st bo‘lmagan davlatlar kemalarini Rossiya portlari va ichki suv yo‘llariga kirishini cheklashi mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, qonun transport xavfsizligini ta’minlashning texnik vositalarini sertifikatlashtirishni kechiktirishni nazarda tutadi. Bu transport infratuzilmasi sub’ektlariga sertifikatlashtirish tartib-taomili uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing