Davlat dumasi Putinning harbiy vakolatlarini oshiradigan qonun loyihasini ma’qulladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi kecha, 26 oktyabr kuni o‘tgan yig‘ilishtda mamlakat Prezidentiga Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining xorijiy davlatlar bilan harbiy hamkorlik sohasida qo‘shma tadbirlarda, shu jumladan chet eldagi harbiy mashqlar va paradlarda ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatini beruvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. 

Hujjatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlar, musobaqalar va paradlarda ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilish, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarida o‘tkaziladigan bunday tadbirlarda ishtirok etish shartlarini belgilash vakolati berilgan. 

Shuningdek, davlat rahbariga qurol, harbiy texnika, o‘q-dorilar va boshqa harbiy mulkdan foydalangan holda boshqa harbiy tuzilmalar va organlarning bunday tadbirlarda ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi ham berilgan. 

Bundan tashqari, qonun loyihasi Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga mamlakat hududida o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlar, musobaqalar va paradlarda qurol, harbiy texnika, o‘q-dorilar va boshqa harbiy mulkdan foydalangan holda xorijiy davlatlarning Qurolli Kuchlarining ishtirok etish shartlarini belgilash huquqini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing