Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Jamiyat
−
13 may 6779 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi. Bu haqda joriy yilning 5 may kuni qabul qilingan “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.
2025 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an’anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgani xabar qilingan edi. Keyinroq esa Jasur Shavkatovich mazkur akademiyaning rektori lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi