Davlat ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazadi
Jamiyat
−
03 yanvar 2022 8106 1 daqiqa
O‘zbekistonda ayrim davlat funksiyalariga xususiy sektorni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, xususiy sektorga o‘tkaziladigan va ularni jalb qilish mumkin bo‘lgan ayrim davlat funksiyalari oshiriladi.
Bunda:
• ayrim sohalardagi davlat nazorati, shu jumladan yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish kabi funksiyalarga xususiy sektor vakillarini jalb qilish;
• xususiy sektorni jalb qilish samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlab, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025