Davaktiv agentligi fuqarolarning yer uchastkalarini xususiy mulk qilib berishni boshladi

Biznes

image

O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan.

Hozirgacha O‘zbekiston tarixidagi dastlabki yuzdan ortiq yurtdoshlarimizga yerga mulk huquqini beruvchi orderlar topshirilgan.

Bu biznesni kreditlashda garov bilan muammosi bor bo‘lgan yoki bo‘sh turgan yer uchastkasini sota olmayotganlar uchun yaxshi imkoniyat degani.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi fuqarolarni umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer maydoniga mulk huquqini rasmiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaydi.

Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing