Davaktiv agentligi direktoriga uchta o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14 dekabr 2021
5182Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga birdan uch nafar yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Alisher Miraliyev, Bekzod Usmonov va Qaxramon Hakimov Dava
ktiv direktorining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Alisher Miraliyev tayinlovga qadar mazkur agentlikning markaziy apparatida Mulkdorning huquqlari va funksiyalarini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Bekzod Usmonov Respublikadagi “Toshkent” fond birjasida boshqaruv lavozimida faoliyat yuritgan.
Qahramon Hakimov esa Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi lavozimida ma’lum vaqt ishlagan.
Ma’lumot uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori urinbosari lavozimi vaqtincha vakant edi.
LiveBarchasi