Dastlab, Qatar keyin Italiya delegatsiyalari Komilov bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 16 iyul kuni Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar Davlatining Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida umumiy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan. Qayd etilishicha, Qatar delegatsiyasidan so‘ng, Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari ham O‘zbekiston TIV rahbari bilan ko‘rishgan.

Xabarga ko‘ra, Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Italiya ko‘p qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing