Dastin Porening navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Dastin Pore navbatdagi jangini  Maykl Chendlerga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv joriy yilning 12 noyabr kuni UFC 281 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. 

UFC 281 janglari Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani xabar berdi.

So‘nggi marotaba  Dastin Pore o‘tgan yilning dekabr oyida UFC'ning yengil vazn toifasida chempioni Charlz Oliveyrega qarshi oktagonga ko‘tarilgandi. Yakunda Oliveyra  g‘alaba qozongan.


36 yoshli Maykl Chandler esa oxirgi jangini Toni Fergyusonga qarshi olib borib, ikkinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozongan.


Ayni damda UFC yengil vazn toifasida reytingida  Pore ikkinchi va Chendler  esa beshinchi o‘rinda bormoqda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik Mahmud Murodov UFC 280 turnirida oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar bergandik.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing