Darsliklarni yangilashga 605 milliard so‘m ajratilmoqda
Jamiyat
−
28 yanvar 2022
2974Kelgusi ikki yilda O‘zbekistondadagi barcha maktab darsliklari to‘liq yangilanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirdi.
Yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirligiga kelgusi ikki yilda barcha maktab o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqib, darsliklarni ilg‘or tajribalar asosida, to‘liq yangilash vazifasi qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilda darsliklarni yangilashga o‘tgan yilga nisbatan 4 barobar ko‘p – 605 milliard so‘m ajratilmoqda. Ushbu mablag‘lardan samarali foydalanib, joriy yilda 4 ta sinfning fan darsliklari hamda barcha sinflarda ingliz, rus, nemis tillari hamda IT fanlari bo‘yicha o‘quv darsliklarini to‘liq yangilashni ta’minlash topshirig‘i berilgan.
Shuningdek, davlat rahbari o‘quvchilar bilimini baholash ham darsliklardagi vazifalarni bajarish, u yoki bu formulani yod olish darajasi bilan chegaralanib qolmasligi kerakligini urg‘ulagan.
"O‘quvchining dunyoqarashi, mantiqiy va ijodiy fikrlashi, berilgan masala bo‘yicha o‘quv dasturi bilan cheklangan qoidalardan tashqari, nostandart yechimlar berishini ham inobatga olish zarur", degan Prezident
LiveBarchasi