Dars vaqtida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib o‘tirgan o‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
07 fevral 2021
11579Ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib axloqsizlik qilgan o‘quvchi va ularning ota-onalariga chora ko‘rildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a’zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolari muhokama qilingan. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘ragan. O‘quvchilar axloqsiz hatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirgan.
Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi