“Darrov kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak”. Prezident bepisand amaldorlarni tanqid qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev deputatlar so‘roviga nisbatan sovuqqonlik bilan qaragan vazirlarni tanqid ostiga oldi.

“Deputat so‘rov yozgani – bu amaldorga ishi noto‘g‘ri bo‘layotgani haqida signal bo‘lishi kerak. U bo‘lsa o‘zining o‘rinbosari yoki boshqarma boshlig‘iga qo‘l qo‘ydiryapti. Bu – hiyonat. Darrov uni chaqirib “kavushini to‘g‘rilab qo‘yish” kerak. Buning uchun qonun bo‘lishi kerak”, deya fikr bildirdi Shavkat Mirziyoyev. 

Mamlakat Prezidenti shuningdek so‘rovlarda saylovchilar manfaati aks etganligi haqida ta’kidladi. 

“Saylovchi va deputatning munosabatlariga axborot tehnologiyalarini keng joriy qilish vaqti keldi.

O‘tgan yil davomida 856 ta deputat so‘rovi yuborilgan. Bularda qanchalik saylovchilarning manfaatlari aks etgan? Shuning uchun jamoaviy murojaatlar asosida internet vositasida parlament yoki deputat so‘rovini shakllantirish amaliyotini joriy etish lozim. Bu orqali biz aholining qiynayotgan masalalar paralmentda ko‘rib chiqilishiga erishamiz”, deydi davlat rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashdi va ularning oldida katta mas’uliyat turgani haqida ogohlantirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing