Daryoga qulagan avtobusdagi homilador yo‘lovchining bolasi qutqarildi
Olam
−
02 dekabr 2019
4728Avvalroq, Rossiyaning Baykalorti o‘lkasi Sreten tumanida avtobus ko‘prikdan daryoga qulab tushgani, natijada 19 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Chita tumani klinik shifoxonasi shifokorlari ko‘prikdan daryoga qulagan avtobusda bo‘lgan hokmilador yo‘lovchisining bolasini qutqarib qolgan. Ayolning turmush o‘rtog‘i rafiqasi 6 oylik homilador ekanini aytdi.
Avtobus daryoga qulaganidan so‘ng erkak jabrlanganlarni qutqarishga yordam bergan. Uning xotini esa shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar ayolga orqa miya shikastlanishi tashxisi qo‘yishgan. “U yuradi. Bolaning ham ahvoli mo‘’tadil”, dedi shifokor.
Ma’lumot uchun, mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Mintaqada esa motam e’lon qilindi.
LiveBarchasi