Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilgacha uzaytirilib, javobgarlik keskin kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini samarali tashkil etish va yashil maydonlarni kengaytirishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.

Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshiriladi.

“Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta “yashil hudud” va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qat’iyan taqiqlanadi”, degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov sohada yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing