Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Dam olish kunlarida O‘zbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat 47 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Harorat foni iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 40-45 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda 47 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. 

Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1035

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing