Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi
Bu qiziq
−
11 dekabr 2020 21508 1 daqiqa
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati deyarli o‘zgarmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin O‘zbekistonning qolgan hududlariga siljiydi.
12 dekabrda janubi-g‘arbiy hududlarda, 13 dekabrda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta davomida O‘zbekistonda qor yog‘ishi va quruq sovuqli ob-havo kuzatilishi haqida ma’lum qilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr