Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kun o‘rtalariga kelib, hududning katta qismida havo 16-18 daraja iliqqacha isiydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 13 noyabr kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ammo bulutlilik ko‘payadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kechasi havo harorati 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, lekin kunduz kuni esa sezilarli darjada sovuqlashadi, kunduz kungi harorat 8-13 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing