Dam olish kunlari Turkmanistondan iliq havo oqimi kirib keladi

Bu qiziq

image

Bugundan boshlab Rossiyaning Yevropa hududi orqali kirib kelgan juda sovuq havo massalari O‘zbekiston hududidan chiqishni boshladi. Uning o‘rniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5° sovuqgacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12° iliqqacha ko‘tariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqlimiy me’yorlardan biroz pastroqdir.

Respublika hududining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Dam olish uchun tog‘larga borishda ehtiyot bo‘ling!


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing