Dam olish kunlari sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Ertaga, 11 mart kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ertaga, 11 mart kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

12 mart, yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zoni kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq atrofida, ertaga kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi, yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi, havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

11-12 martda kutilayotgan yomg‘irlar hisobiga tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing