Dam olish kunlari ob-havo keskin o‘zgaradi

Bu qiziq

image

Ertaga, 15 aprel kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalarining kirib kelishi sharq tomonga qarab harakatlanadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalab momaqaldiroqli yomg‘irlar saqlanib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzgi havo harorati 20-25 daraja iliqgacha pasayadi.

16 aprel kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shuningdek, mazkur kunlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing