Dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib qoladi
Bu qiziq
−
15 Sentabr 2023
2639Bugun va dam olish kunlari Respublikaning barcha hududlarida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, shamol sharqdan o‘rtacha esadi, faqat cho‘l hududlarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat 13-18 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo 25-30 darajagacha isiydi.
"Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 16-17 sentyabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Poytaxt Toshkentda esa 15-17 sentyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 15-17 daraja iliq, kunduz kunlari 27-29 daraja issiq bo‘ladi", deyiladi xabarda.