Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 19 noyabr kuni kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 5-10° iliqqacha isiydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Dam olish kunlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antitsiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati ko‘tariladi. 

Ertaga kechasi 1-6° sovuq, kunduz kuni 8-13° iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat 2° sovuq-3° iliqgacha, kunduz kuni 14-17° iliqqacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing