Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet 21-22 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 21-22 dekabrda kechalari 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 2 daraja sovuq – 3 darada iliq atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida ham ushbu kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 5-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-3 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yaxmalak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing