Dam olish kunlari chang-to‘zon va 35 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti
Bu qiziq
−
08 aprel 2022
6368Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonning katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonda va kechga tomon Buxoro viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin, shuningdek, shamol tezligi 23-25 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati kunning o‘rtasiga kelib, respublika bo‘yicha 28-30 darajani tashkil etadi, bu me’yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi.
9 aprelga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan zich bulut qatlamlari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kun davomida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 28-30 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo kuzatiladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 30-35 darajagacha ko‘tariladi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zon bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi