Dam olish kunlari ayrim joylarda kuchli shamol, momoqaldiroq kuzatiladi

Bu qiziq

image

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida biroz shamol bilan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18 foiz, kunduz kunlari 30-35 foiz atrofida bo‘ladi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu sentyabr oyining ushbu kunlari uchun o‘rtacha yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga 25 sentyabr kuni Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelish boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va kechga tomon Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 15-20 m/s gacha, ba’zida 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘istonning shimolida harorat pasayishi boshlanadi.

Keyingi haftaning boshida nam va salqin havo massasi kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Farg‘ona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Dushanba kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida, seshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. 2500 m dan yuqori bo‘lgan baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi. Dushanba kuni shimoliy viloyatlar bo‘yicha, seshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo‘yicha salqinlashadi. Havo harorati kechalari 10-13 darajagacha, kunduz kunlari 22-25 darajagacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing