Dam olish kunlari havo isib, yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonning shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-29° atrofida bo‘ladi.

7-8 may kunlari respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kunduzgi havo harorati 30-35° gacha ko‘tariladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlari Kavkaz huddularidan kirib kelgan nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

9-10 may kunlari nam havo massasi mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, 9 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 10 mayda respublika hududining katta qismida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. 9 mayda kunduzgi havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadi, 10 mayda 23-28° gacha pasayadi.

8 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 9-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing