Dam olish kunlari iqlimiy me’yordan yuqori harorat kuzatiladi
Bu qiziq
−
15 aprel 2022
7083Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.
Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, dam olish kunlari hududlarning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lishida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, cho‘l hududlarda va shimolda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
Bu kunlarda havo harorati kechalari 14-19 darajani, kunduz kunlari 30-35 darajani tashkil etadi, bu me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqori.
LiveBarchasi