Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi
Bu qiziq
−
05 noyabr 2021 10767 1 daqiqa
Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda changli g‘ubor bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
Havo harorati 3-8 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi, bu oy boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 12-15 darajaga past bo‘ladi. Bunga kecha Ural hududlaridan O‘zbekistonga kirib kelgan sovuq antitsiklon sabab.
Dam olish kunlari sovuq antitsiklonning ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Ertaga havo harorati kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqni, kunduz kuni 6-11 daraja iliqni tashkil etadi, yakshanba kuni kechasi 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda esa 2 daraja sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kuni 9-14 daraja iliqqacha isiydi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr