Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 15-16 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu noyabr oyining o‘rtalari uchun normal (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 3-5 daraja yuqori. Shuningdek, sharqdan juda mayin shamol esib turadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning noyabr oyida qanday ob-havo bo‘lishi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet havo harorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing