Dahshat! Sirdaryodagi YTHda besh kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 23 may kuni Sirdaryo viloyatida Lacetti va Nexia avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 5 kishi, jumladan ikki nafar go‘dak halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 23 may kuni soat 12:45 atrofida Xovos tumani hududidan o‘tgan A-376 avtomobil yo‘lining 234-kilometrida sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘lda harakatlanib ketayotgan 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1970 yilda tug‘ilgan haydovchi U.N. boshqaruvidagi Nexia avtomobillari to‘qnashgan.

Oqibatda Lacetti avtomobili haydovchisi Sh.A. va ushbu avtomobil salonida bo‘lgan 27 yoshli yo‘lovchi A.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, shuningdek, mazkur avtomobil salonida bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchi: olti yoshli N.A. va uch yoshli T.A. hamda Nexia avtomobili haydovchisi N.U. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Nexia avtomobilida bo‘lgan 30 yoshli yo‘lovchi T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

917

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing