Dahshat! Angrenda muzlab qolgan sayyohning jasadi topildi
3-sahifa
−
12 yanvar 2022
25429Joriy yilning 10 yanvar kuni Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi soydan dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotida marhumning o‘limiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta’sirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Ba’zi manbalarda erkakning toshkentlik sayyoh ekani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, u yaqin yo‘ldan yurish uchun sheriklaridan ajralgan va muzlab qolgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi