Dahshat! 2021 yilda urush va zo‘ravonliklardan qochgan odamlar soni 8 foizga oshdi

Olam

image

2021 yilda dunyoda urushlar va zo‘ravonliklardan qochgan odamlar soni 8 foizga o‘sib, 89,3 million kishini tashkil etdi. Bu ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining (QOKB) bugun, 16 iyun kuni e’lon qilingan hisobotida keltirilgan.

“O‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lganlar soni so‘nggi o‘n yillikda yildan-yilga o‘sib bormoqda va hozirda eng yuqori darajaga yetdi. 2021 yil oxiriga kelib urushlar, zo‘ravonliklar, ta’qiblar va inson huquqlari buzilishidan qochganlar soni 89,3 million kishiga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga va o‘n yil avvalgi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir” deyiladi hisobotda.

O‘tgan yilning oxirida Yerning har 88-aholisi majburiy qochqin bo‘lgan. 2012 yilda bu nisbat 167 kishiga bittani tashkil qilgan. Hisobotga ko‘ra, 2021 yilda dunyoda 27,1 million qochqin, 4,6 million boshpana izlovchi, 53,2 million ichki ko‘chirilganlar hisobga olingan. Bundan tashqari, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi o‘z vatanini tark etgan 4,4 million venesuelaliklarga yordam ko‘rsatgan, ular statistikada alohida toifa sifatida belgilangan.

Turkiya o‘tgan yili eng ko‘p qochqinni qabul qilgan – taxminan 3,8 million. Undan keyin Uganda (1,5 million kishi), Pokiston (1,5 million) va Germaniya (1,3 million) qochqinlarga eng ko‘p boshpana bergan. Biroq, jon boshiga hisoblanganda, 2021 yil oxirida qochqinlarning eng yuqori ulushi Livanda qayd etilgan, u yerda mamlakatning har sakkizinchi aholisidan biri bunday maqomga ega. Ikkinchi qatorni Iordaniya (har bir 14-rezident), uchinchi o‘rinda Turkiya (har 23-rezident) egallagan. O‘z vatanlaridan tashqarida 6,8 million suriyalik, 4,4 million venesuelalik, 2,7 million afg‘on va Myanmadan kelgan 1,2 million kishi boshpana topgan.

2021 yil davomida 5,7 mlndan ortiq odam o‘z yashash joyiga qaytgan, jumladan, 5,3 mln ichki ko‘chirilganlar va 429,3 ming qochoqlar.

Qayd etish kerakki, bu raqamlarga hali Ukainadagi urush sabab uyini tark etgan qochoqlar kiritilmagan. Xususan, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga hujumi natijasida 4,3 million ukrainalik mamlakatni tark etgan, 7,1 mln nafari esa mamlakat ichida ko‘chishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qochoq

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar