Sun’iy ishlab chiqarilgan tovuq go‘shtini sotishga ruxsat berildi
Olam
−
02 dekabr 2020
11133Dunyoda birinchi marta Singapurda laboratoriyada yetishtirilgan tovuq go‘shti ozuqa mahsuloti sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlanishicha, Kaliforniyada joylashgan Eat Just kompaniyasi texnologiyalari asosida sun’iy tovuq go‘shti yetishtirilgan.
Endilikda firma Singapurda ham o‘z filiallarini ochishni rejalashtirgan. Bu ish amalga oshirilgach, bunday go‘shtga restoranlarda ham buyurtma bersa bo‘ladi. Aniq muddati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, laboratoriyalarda tirik hujayralardan sun’iy go‘shtni yetishtirishdan maqsad – jonivorlarni o‘ldirmasdan turib, go‘sht ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
O‘tgan yili rossiyalik olimlar yangi tug‘ilgan buzoq hujayralaridan sun’iy go‘sht yetishtirishga muvaffaq bo‘lishgani haqida xabarlar berilgan edi. O‘shanda berilgan prognozlarda sun’iy go‘shtni sanoat ko‘lamlarida 2023 yilga kelib ishlab chiqarish mumkin bo‘lishi haqida aytilgan. Ayni vaqtda "insonparvarlik" go‘sht iste’molining eng katta kamchiligi bu mahsulot narxi bo‘lib qolmoqda.
LiveBarchasi