COVID-19 yana avj olmoqda: 300 dan ortiq yangi bemor aniqlandi, bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yil 16 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 316 kishiga ortib, 86 338 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:
•  3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
•  3 nafari Andijon viloyatida;
•  10 nafari Buxoro viloyatida;
•  7 nafari Jizzax viloyatida;
•  3 nafari Namangan viloyatida;
•  20 nafari Samarqand viloyatida;
•  3 nafari Sirdaryo viloyatida;
•  2 nafari Surxondaryo viloyatida;
•  1 nafari Xorazm viloyatida;
•  37 nafari Toshkent viloyatida;
•  227 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
•  Buxoro viloyatida 11 nafar;
•  Qashqadaryo viloyatida 1 nafar;
•  Namangan viloyatida 8 nafar;
•  Sirdaryo viloyatida 4 nafar;
•  Farg‘ona viloyatida 7 nafar;
•  Xorazm viloyatida 6 nafar;
•  Toshkent viloyatida 28 nafar;
•  Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83 838 (+189) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 636 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1864 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing