COVID-19 va jahon – 6 aprel tunida sodir bo‘lgan yangiliklarning qisqa dayjesti
Bu qiziq
−
07 aprel 2020
10216Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 347 676 nafarni tashkil etmoqda. Bugunga qadar 74 444 bemor vafot etdi. Infeksiyadan 277 331 kishi shifo topib, tuzalib ketdi.
O‘zbekistonda so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinganlar soni 60 taga ko‘payib, 457 nafarni tashkil qilmoqda. 30 kishi butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.
Qozog‘istonda ushbu infeksiyadan zararlanganlar soni 8 nafarga oshib, umumiy hisobda 670 nafarga yetdi. Mamlakat poytaxti Nur-Sultonda bemorlar soni 222 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusdan 6 kishi vafot etgan bo‘lsa, 46 bemor undan shifo topgan.
Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vaziri Devid Klark mamlakatda o‘rnatilgan karantin qoidalarini ikki mart buzdi. Ammo mamlakat uni ishdan bo‘shatish haqida o‘lamayapti, deb ma’lum qiladi RNZ radiostansiyasi. Mahalliy OAVda uni karantin vaqtida mashina boshqargani va tog‘da velosiped haydagani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi. U mashina boshqarganini zarurat yuzasidan, velosiped haydaganini salomatlik uchun deb baholadi.
AQSHning Nyu-York shtatida karantin qoidalarini, xususan, masofani saqlashni buzganlar uchun jarima miqdori ikki baravar oshirildi. Jarima miqdori 1000 dollar etib belgilandi. Ushbu shtat AQSHdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bu yerda koronavirusga 130 mingdan ziyod aholi chalindi. 4 700 atrofida bemor infeksiyadan vafot etdi.
Marokashda koronavirusga qarshi kurash doirasida barcha fuqarolarga niqob taqib yurish majburiy etib belgilandi. Qoidani buzganlar so‘zsiz qamoqqa tashlanadigan bo‘ldi. Mamlakatda 20 martdan beri favqulodda holat e’lon qilingan. Ayni vaqtda Marokashda 1 120 odam virusga chalingan. 80 kishi undan vafot etgan.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus sabab karantinda o‘tirmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, u mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etish niyatida emasligini ham aytgan. “Xalq oldida siyosiy javobgarlikni o‘z zimmamga olaman”, degan Lukashenko. Ayni payta mamlakatning 700 nafar aholisi virus yuqtirib olgan. Ulardan 13 nafari vafot etgan bo‘lsa, 53 nafari shifo topgan.
Jahonning boshqa mamlakatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: Meksikada bir sutka ichida 30 bemor infeksiyadan vafot etdi. Kanadada koronavirus yuqtirib olganlar soni 16,6 mingga yaqinlashgan bo‘lsa, Janubiy Koreyada so‘nggi 24 soat ichida 10 331 nafar bemor undan zararlandi. Venesuela xavfsizlik nuqtai nazaridan Kolumbiya bilan chegaradosh barcha hududlarida komendantlik soati e’lon qildi.
LiveBarchasi