COVID-19: O‘zbekistonning har bir hududidan yangi bemorlar aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 227 kishiga ortib, 85 730 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 8 nafari Buxoro viloyatida;
  • 3 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Navoiy viloyatida;
  • 3 nafari Namangan viloyatida;
  • 25 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 42 nafari Toshkent viloyatida;
  • 129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafari;
  • Jizzax viloyatida 11 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar;
  • Samarqand viloyatida 16 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar;
  • Xorazm viloyatida 5 nafar;
  • Toshkent viloyatida 26 nafar;
  • Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83 462 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1634 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing