COVID-19: O‘zbekistonda yangi holatlar kunlik sog‘ayishdan ko‘pligicha qolmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 177 nafarga ortib, 85 291 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Jizzax viloyatida;
  • 3 nafari Namangan viloyatida;
  • 17 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 3 nafari Xorazm viloyatida;
  •  14 nafari Toshkent viloyatida;
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar;
  • Navoiy viloyatida 5 nafar;
  • Samarqand viloyatida 15 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Toshkent viloyatida 12 nafar;
  • Toshkent shahrida 95 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83 089 (+146) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1568 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing