COVID-19: O‘zbekistonda kunlik ko‘rsatkich kamaydi, bir bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 aprel kuni barcha hududlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilib, undan davolanayotganlar soni 2800 nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 26 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 275 kishiga ko‘rayib, 89 630 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 4 nafari Andijon viloyatida;
  • 2 nafari Buxoro viloyatida;
  • 5 nafari Jizzax viloyatida;
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 7 nafari Namangan viloyatida;
  • 35 nafari Samarqand viloyatida;
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 55 nafari Toshkent viloyatida;
  • 141 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar;
  • Buxoro viloyatida 10 nafar;
  • Samarqand viloyatida 14 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 9 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar;
  • Xorazm viloyatida 2 nafar;
  • Toshkent viloyatida 41 nafar;
  • Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86180 (+204) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 646 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2804 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing