COVID-19: O‘zbekistonda kasallanganlar 95 mingdan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni 95 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 10 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 313 kishiga ortib, 95 072 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 8 nafari Andijon viloyatida;
  • 8 nafari Buxoro viloyatida;
  • 11 nafari Jizzax viloyatida;
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 8 nafari Namangan viloyatida;
  • 29 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 4 nafari Xorazm viloyatida;
  • 29 nafari Toshkent viloyatida;
  • 187 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar;
  • Buxoro viloyatida 4 nafar;
  • Jizzax viloyatida 16 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 5 nafar;
  • Samarqand viloyatida 129 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 6 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 21 nafar;
  • Xorazm viloyatida 7 nafar;
  • Toshkent viloyatida 57 nafar;
  • Toshkent shahrida 115 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90664 (+372) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 664 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3744 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing