COVID-19: O‘zbekistonda 300 dan ortiq bemor aniqlandi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
04 may 2021 4661 1 daqiqa
Joriy yilning 3 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 314 kishiga ortib, 92 320 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 6 nafari Buxoro viloyatida;
- 5 nafari Jizzax viloyatida;
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 3 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 39 nafari Samarqand viloyatida;
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 8 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 11 nafari Xorazm viloyatida;
- 32 nafari Toshkent viloyatida;
- 188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar;
- Buxoro viloyatida 8 nafar;
- Jizzax viloyatida 7 nafar;
- Navoiy viloyatida 4 nafar;
- Namangan viloyatida 14 nafar;
- Samarqand viloyatida 51 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar;
- Xorazm viloyatida 6 nafar;
- Toshkent viloyatida 51 nafar;
- Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88258 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 655 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi